

"Osiyo Chempionlar ligasidagi barcha o'yinlar qiyin kechmoqda. Maqsadimiz - keyingi bosqichga yo'l olish. "Paxtakor"ga qarshi bahs bizning eng yaxshi o'yinimiz emas. Muhimi - g'alabaga erishish. Kelgusida bundan-da yaxshiroq natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi 26 yoshli yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, marokashlik futbolchi kechagi bellashuvda dublga erishib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi.



