

SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaevga La Liganing "Real Sosedad" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Metaratings nashri xabar berdi. Ispan klubi Fayzullaevni o'z tarkibiga qo'shib olishni niyat qilmoqda.
Ma'lumot uchun, avvalroq, Fayzullaevga "Monako" klubi qiziqish bildirgani va futbolchi uchun 15 mln evrodan voz kechishga tayyorligi xabar qilingandi.
Abbosbek Fayzullaev ushbu mavsum SSKA tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.



