Abbosbek Fayzullaev Transfermarkt nashrining ramziy jamoasidan joy oldi

Khoja
15 apr 2024
Transfermarkt nashri RPL 24-turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi.

Undan O'zbekiston terma jamoasi va SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev ham o'rin oldi.

Eslatib o'tamiz, SSKA so'nggi turda Lokomotivga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Ushbu bahsda 20 yoshli futbolchi bitta assist qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Abbos ushbu ramziy terma jamoadan beshinchi marta joy oldi.


KhojaMuallif
Manba: Transfermarkt