Abbosbek Fayzullayev faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
3 dek 2024, 20:03
Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev "Monako"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Monako" Abbosbek Fayzullayev transferi uchun 15 million evro berishga tayyor, biroq "armiyachilar" qishki transfer oynasida sotishni istamayapti.

Joriy mavsum Abbosbek SSKA safida barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushdi va 3 gol urib, 6 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali 21 yoshli futbolchining transferini 6 million evroga baholamoqda. Fayzullayevning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Fransiya chempionati 13-turidan keyin "Monako" 26 ochko bilan uchinchi pog'onani band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: РБ Спорт