Abbosbek Fayzullaev: "SSKA Rossiya chempioni bo'lishi mumkin"

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2024, 16:25
Abbosbek Fayzullaev armiyachilar Rossiya Premer-Ligasi 2024/2025-yilgi mavsumida zafar qucha olishiga ishonmoqda.

- Nima haqida orzu qilasan?
- O'zbekiston bilan JCHga chiqishni va SSKA bilan chempion bo'lishni istayman. Agarda yanada ko'proq mehnat qilsak va o'yinimizni yaxshilab borsak, kelasi mavsumdayoq Rossiya chempionligini qo'lga kiritishimiz mumkin, - deya Fayzullaev so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Sport24".

Eslatib o'tamiz, RPL joriy mavsum 29-turidan keyin SSKA 45 ochko bilan oltinchi pog'onani band etib turibdi. Fayzullaev armiyachilar safida o'tgan yilning yozidan buyon harakat qilmoqda. Joriy mavsum o'zbekistonlik yarim himoyachi barcha musobaqalarni inobatga olganda 31 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi hamda 13 ta golli uzatma etkazib berdi. Abbosbekning SSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. 

"Transfermarkt" portali Fayzullaevning transfer narxini 5 mln evro deb baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sport24