

- Og'ir o'yin bo'ldi. Bahsda g'alaba qozonib navbatdagi ochkolarga ega chiqishimiz juda zarur edi. Chunki tezroq turnir jadvalida o'z o'rnimizni yaxshilab olishimz kerak. G'alabadan xursandman. “Obod” qisqa uzatmalar orqali yaxshi o'yin tashkil qiladigan jamoa hisoblanadi. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Ochig'i, bugun g'alabadan boshqa yo'limiz yo'q edi. Shu sababli, o'z muvaffaqiyatimizga ishonch bilan maydonda harakat qildik, - dedi Maxstaliev.
“Neftchi” matbuot xizmati




