Abbos Maxstaliev: "Neftchi"dan ketish niyatim yo'q"

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2017, 10:44
Farg'onaning "Neftchi" klubi yarim himoyachisi Abbos Maxstaliev jamoadan ketmoqchi emas.
- Dekabr oyida jamoamizning Qirgulidagi qarorgohida mashg'ulotlarni olib bordik. Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Andrey Fyodorov o'zi olib bordi. Menga "Navbahor" qiziqayotgani haqidagi xabarlarni ko'rdim. Lekin to'g'risini aytsam "Neftchi"dan ketish niyatim yo'q. Ikki mavsumdan buyon Farg'onada o'ynayapman va bu yerda meni barcha narsa qoniqtirmoqda. Shuning uchun jamoadan ketishni o'ylaganim yo'q. Boshqa klublardan takliflar bor. Biroq "Neftchi" murabbiylari menga ishonishmoqda va eng muhimi shu, - deydi Maxstaliev "Futbol Ekspress" nashriga.


 

Eshitdik-da! "Navbahor" Abbos Maxstalievga qiziqmoqda

Abbos Maxstaliev oliy ligada birinchi bor dublga erishdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia