Abbosbek Fayzullaev ertaga maydonga tusha oladimi?!

Tolibjon Qosimov
14 okt 2024
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichi oldidan BAA termasini qabul qiladi.

Bugun ana shu bellashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich Abbosbek Fayzullaev kechagi mashg'ulotda jarohat olgani haqida aytib o'tgan edi.

Vlado Radmanovich: "Katanets noyabr oyida terma jamoani o'zi boshqaradi" (o'yinoldi matbuot anjumani to'liq)

Ko'plab muxlislarning yarim himoyachimizning ahvoli haqidagi havotirlarini inobatga olgan holda ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik. "Championat.asia"ga ma'lum bo'lishicha, kecha Fayzullaev mashg'ulot payti jamoadoshlaridan biri bilan to'qnashib ketgan. Jamoa shifokorlari tun bo'yi Abbosning ahvolini yaxshilash uchun uni nazoratda ushlashgan. Kechagi to'qnashuv natijasida futbolchimizning suyaklari lat emagan va ehtimoliy kutilgan xavf ortda qolgan. Bizning ma'lumotga ko'ra, Fayzullaev ertangi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin, u xatto birozdan so'ng boshlanadigan terma jamoamizning rasmiy mashg'ulotidan ham qatnashishi kutilmoqda. O'zbekiston MTJning o'yin oldi rasmiy mashg'uloti 17:45 da "Jar" stadionida boshlanadi.

Shu o'rinda muhim futbolchilarimizdan birini tezroq safga qaytarish uchun harakat qilgan terma jamoamiz shifokorlariga minnatdorchilik bildirib o'tamiz.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - BAA o'yini ertaga, 15 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida 19:00da start oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia