A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar reytingi e'lon qilindi

Khoja
10 okt 2025, 09:50
"Yuventus" va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovich Italiya A seriyasida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, serbning soliqlar bilan hisoblanganda oladigan maoshi 22,2 million evroni tashkil etadi, 

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines ikkinchi o'rinni egallab turibdi, uning shartnomasi klubiga yiliga 16,6 million evroga tushadi. Kuchli uchlikni “Roma”da 12,9 million evro ishlab topgan argentinalik Paulo Dibala yakunlab turibdi.

A Seriyada eng ko'p maosh oluvchi TOP-15 futbolchi;

1. Dushan Vlaxovich (“Yuventus”) - 22,2 million evro

2. Lautaro Martines ("Inter") - 16,6 million evro

3. Paulo Dibala ("Roma") - 12,9 million evro

4. Kevin De Bryuyne ("Napoli") - 11,1 million evro

5. Jonatan Devid (“Yuventus”) - 11,1 million evro

6. Rasmus Xoylund (“Napoli”) - 9,3 million evro

7. Kristofer Nkunku ("Milan") - 9,3 million evro

8. Alvaro Morata ("Komo") - 8,3 million evro

9. Markus Tyuram (“Inter”) - 7,8 million evro

10. Romelu Lukaku ("Napoli") - 7,7 million evro

11. Lua Openda ("Yuventus") - 7,4 million evro

12. Rafael Leau ("Milan") - 6,6 million evro

13. Leon Beyli ("Roma") - 6,5 million evro

14. Artem Dovbik ("Roma") - 6,4 million evro

15. Lorenso Pellegrini ("Roma") - 6,4 million evro.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: transfermarkt