A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
9 dek 2023, 00:26
A Seriya matbuot xizmati chempionatning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.

"Roma" forvardi Paulo Dibala ushbu etirofga loyiq ko'rildi. O'tgan oyda 30 yoshli hujumchi A Seriyada 3 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi. Rim klubi o'tgan oyda "Lechche" (2:1) va "Udineze"ni (3:1) hisobida mag'lub qildi va "Lacio" bilan durang qayd etdi.

Dibala 2022 yildan buyon "Roma" tarkibida faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SerieA_EN