A Seriyada mavsumning eng yaxshilari ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
3 iyun 2023
A Seriya matbuot xizmati 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshilarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida "Lacio" posboni Ivan Provedel tan olindi. Eng yaxshi himoyachi sifatida "Napoli"dan Kim Min Je etirof qilindi. Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi deb "Inter" xavbeki Nikolo Barella tan olingan bo'lsa, yilning eng yaxshi hujumchisi Viktor Osimxen bo'ldi. Shuningdek, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb "Yuventus"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Nikolo Fajoli topildi.

"Napoli" futbolisi Xvicha Kvaratsxeliya A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia