A Seriya tarixidagi eng kech gol urildi

Mirjalol Normatov
9 dek 2018
"Sampdoriya" kecha A Seriyaning 15-turida "Lacio"ga qarshi o'yinda durang qayd etdi.

E'tiborlisi, 1 ochko olib kelgan gol 99-daqiqada urildi. Bahsning 95-daqiqasida "Lacio" hujumchisi Chiro Immobile penaltini aniq amalga oshirgan holda jamoasiga g'alaba keltirishi mumkin edi.

"Sampdoriya" futbolchisi Rikardo Saponaraning goli 98-daqiqa 49-soniyada kiritildi. Bu liga tarixidagi eng kech urilgan gol sifatida tarixga kiradigan bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA