A Seriya. Ronaldu – noyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi

4 dek 2020, 21:28
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

35 yoshli portugaliyalik futbolchi o'tgan oy musobaqada 3 o'yin o'tkazdi va 5 ta gol urdi.

Ayni paytda Ronaldu 8 ta gol bilan A Seriya to'purarlar jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi, u "Milan" fovardi Zlatan Ibragimovichdan 2 ta kam gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/SerieA