A Seriya klubi Antoni bilan shartnoma imzolashga urindi. Ammo, u Ispaniyaga qaytishni xohlamoqda

Alisher Ostonov
21 iyun 2025, 11:47
Antoni Italiya klubi e'tiboriga tushdi.

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Komo" "Manchester Yunayted" vingeri bilan so'nggi kunlarda shartnoma imzolashga urinib ko'rgan.

Ammo, futbolchining o'zi o'tgan mavsumda ijara asosida o'ynagan "Betis"ga qaytishni maqsad qilgan. Ingliz klubi futbolchining xohishi haqida biladi, ammo hali ispanlar bilan kelishuvga erishilmagan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano