A Seriya. "Kalyari" o'z uyida "Udineze" bilan murosa ko'chasini tanladi, Shomurodov 30 daqiqa harakat qildi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023, 17:30
Italiya chempionati 4-turidan joy egallagan "Kalyari" – "Udineze" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0. 

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Kalyari" hujumchisi Eldor Shomurodov bahsni zaxiradan boshladi va 60-daqiqada Leonardo Pavoletti o'rniga maydonga tushdi.  

A Seriya

4-tur

Kalyari – Udineze 0:0

Sardenya

Kalyari – Radunovich, Zappa (Nandes, 79), Veteska, Xacidyakos (Obert, 80), Dossena, Aujello (Acci, 66), Deyola, Makumbu, Prati (Di Pardo, 80), Luvumbu, Pavoletti (Shomurodov, 60).

Udineze – Silvestri, Ebosele (Joau Ferreyra, 72), Kabasele (Eboss, 38; Gessan, 46), Biyol, Peres, Kamara, Uolas, Lovrich (Payero, 72), Samardjich, Toven (Pereyra, 82), Lukka.

Ogohlantirishlar: Veteska (59), Toven (63).

Cheltatish: Veteska (90+5)

"Kalyari" 4 ta o'yindan keyin 2 ochko to'pladi va 18-o'rinda bormoqda. Jamoaning keyingi o'yini 24 sentyabr kuni safarda "Atalanta"ga qarshi kechadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia