A Seriya. "Jenoa"ga qarshi o'yin Mxitaryanning benefisiga aylandi

8 noya 2020, 20:55
Italiya chempionati 7-turi doirasidagi "Jenoa" - "Roma" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Bu o'yin rimliklar vakili Genrix Mxitaryanning benefisiga aylandi. Armanistonlik futbolchi "Jenoa" darvozaboni Mattia Perin darvozasini 3 bor ishg'ol qilgan bo'lsa, mezbonlarning yagona goli Marko Pyaca nomiga yozildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsni jarohat tufayli o'tkazib yubordi.

Jenoa – Roma 1:3

8 noyabr, 19.00, "Luidji Ferraris"

Gollar:

0:1 – 45 Mxitaryan, 1:1 – 50 Pyaca, 1:2 – 66 Mxitaryan, 1:3 – 85 Mxitaryan.

Jenoa – Perin, Bani, Biraski, Masello (Gilone, 70), Krishito, Rovella, Zayc (Badel, 81), Radovanovich (Pellegrini, 70), Lerager (Destro, 81), Pyaca (Pandev, 61), Skamakka.

Roma – Lopes, Karsdorp, Rojer, Manchini, Spinaccola (Bruno Peres, 14), Mxitaryan, Pellegrini (Vilyar, 87), Pedro, Veretu, Smolling, Mayoral (Kristante, 61).

Ogohlantirishlar:

Zayc (5).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia