A Seriya. Immobile Del Pero va Jilardino bilan tenglashdi

Eldor Akmurzayev
11 okt 2022, 10:00
Italiya chempionati 9-turida “Lacio” 4:0 hisobida “Fiorentina”ni mag'lub etdi.

Uchrashuvda gollardan biriga mualliflik qilgan Chiro Immobile musobaqadagi umumiy gollarini 188 taga etkazib oldi. U A Seriya tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 9-o'rindagi Alessandro Del Pero, Alberto Djilardino hamda Juzeppe Sinori bilan tenglashdi. Mazkur natija bo'yicha rekord esa “Lacio” sobiq hujumchisi Silvio Piolaga tegishli – 274 ta gol.

Shuningdek, 32 yoshli Immobile A Seriyada 300-uchrashuvini o'tkazdi. U joriy musobaqada 9 bahsda qatnashib, 6+3 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru