A Seriya. “Fiorentina” yutqazib qo'ydi

A Seriyada 28-tur o'yinlari boshlandi.

Turning ilk o'yinida “Kalyari” jamoasi o'z uyida “Fiorentina”ni mehmon qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar safidagi gollarga Joao Pedro hamda Cheppitelli mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Keza tomonidan kiritildi.

Kalyari – Fiorentina 2:1

Gollar: 1:0 – 52 Joao Pedro, 2:0 – 66 Cheppitelli, 2:1 – 88 Keza.

Kalyari – Krano, Cheppitelli, Pizakane, Kachchatore (Padoin, 73), Farago, Ionice, Likoyannis, Barella (Deyola, 80), Chigarini, Joao Pedro (Tereo, 83), Pavoletti.

Fiorentina – Terrachchano, Biragi, Peccelya, Milenkovich, Chekkerini, Benassi, Nergor (Dabo, 71), Miralyas (Simeone, 58), Jerson, Keza, Muriel.

Ogohlantirishlar: Chigarini (34), Keza (42), Cheppitelli (44), Pavoletti (76), Peccelya (90).


Manba: Championat.asia