A Seriya. Bugun "Kalyari" safarda "Fiorentina" bilan kuch sinashadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 okt 2023
Italiya A Seriyasi 7-turi doirasida "Fiorentina" - "Kalyari" bahsi bo'lib o'tadi.

Hozircha "Kalyari" mavsum startidagi natijalari bilan maqtana olmaydi. Jamoa 6 o'yinda 2 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan tur jamoa o'z maydonida "Milan"ga imkoniyatni (1:3) boy berdi. "Fiorentina" esa 11 ochko bilan hozircha 6-o'rinda.    


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia