A Seriya. 39 yoshli forvard oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
6 noya 2020, 21:40
A Seriya rasmiy saytining xabariga ko'ra, "Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
39 yoshli Ibra oktyabrda "Inter", "Roma" va "Udineze"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 1 marta jamoadoshlariga shunday imkoniyatni yaratib bergan edi. Ayni paytda "rossonerilar" turnir jadvalini boshqarishmoqda.