A PRO-Liga. Abduxamidovning gollari evaziga Istiqlol Farg'onada Sho'rtanni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019, 21:54
A PRO-Liga 21-turida Istiqlol jamoasi Qirgulidagi Neftchi sport majmuasi o'yingohida G'uzorning Sho'rtan jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismida Sho'rtan jamoasi vakillari hujumkor o'yin namoyish etdilar. Mehmonlar tomonildan tashkil etilayotgan hujumlar xavfli tus olgan bo'lsada, biroq samara keltirmadi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib Istiqlol vakillari o'yindagi tashabbusni qo'lga oldilar. Mezbonlar tomonidan tashkil etilayotgan hujumlar 31-daqiqaga kelib gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda Istiqlol yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov chap qanotdan tezkorlik bilan mehmonlar jarima maydonichi ichiga yorib kirdi va aylanma zarba yo'llab, uchrashuvda hisobni ochdi-1:0. Shundan so'ng birinchi bo'lim so'ngiga qadar darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limini ham Sho'rtan jamoasi vakillari faol boshladilar. Mehmonlarning hisobni tenglashtirish uchun Istiqlol darvozasi tomon tashkil etgan hujumlari samara keltirmadi. Bellashuvning 72-daqiqasida farg'onaliklar Sho'rtan darvozasiga ikkinchi golni kiritishdi. Yana o'sha Rustam Abduhamidovning tezkorligi evaziga mehmonlar darvozasi ishg'ol etildi-2:0.

Qiziqarli kechgan bahs so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, o'yinda boshqa gol urilmadi. Shu tariqa Istiqlol jamoasi vakillari Sho'rtanni 2:0 hisobida mag'lub etib, navbatdagi 3 ochkoni o'z hisoblariga yozib qo'ydilar.

A PRO-Liga.
21-tur.
Istiqlol - Sho'rtan 2:0 (1:0)
Hakamlar:
Ibroxim Ismoilov, Xusniddin Baxodirov, Oybek Kalaxo'jaev, Shoxrux Azamov.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
O'zPFL komissari: Jamshid Imomov
Gollar: Rustam Abduhamidov, 31 (1:0), Rustam Abduhamidov, 72 (2:0),

Istiqlol: Nodir Ashurmatov, Jasurbek Ermamatov, Abduxoliq Qurbonov, Riza Ayvazov, Rustam Abduxamidov, Faylullo Jumanqo'ziev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Elyor Mamasoliev, Sardor Telyakov, Umar Adxamzoda, Temur Mamatmurodov.

“Sho'rtan”: Botir Nosirov, Xasanboy Ergashev, Axrorbek O'ktamov, Sirojiddin Raxmatullaev, Lazizbek Ubaydullaev, Marufxon Murodov, Jasur Xolto'raev, Samandar Shodmonov, Sherbek Eshmurodov, Farxod Namozov, Sherzod Temirov


Bekzod Tolibov tayyorladi





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia