

Yangi mavsumning ilk uchrashuvi Fabio Kannavaro murabbiyligidagi “Guanchjou Evergrand” va “Shanxay Shenxua” o'rtasida bo'lib o'tdi. Bahsda mezbonlar Vey Shixaoning dubli evaziga 2:0 hisobida zafar quchishdi.
Guanchjou Evergrand - Shanxay Shenxua - 2:0 (1:0)
Dalyan Sport Markazi
Gollar: Vey Shixao, 7 (1:0). Vey Shixao, 66 (2:0).

Eslatib o'tamiz, Odil Ahmedov harakat qilayotgan “Shanxay SIPG” 27 iyul kuni “Tyanczin Teda”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:35 da boshlanadi.



