7ta gol urilgan o'yinda "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiya klubiga mag'lub bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
28 iyul 2022, 13:16
"Bunyodkor" o'rinbosarlarining Xorvatiyadagi yig'ini davom etmoqda.

Kecha yosh "qaldirg'ochlar" mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan uchinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Xorvatiya chempionatining 3-ligasi ishtirokchisi, shimoliy mintaqa g'olibi “Polet” klubi raqib vazifasini o'tadi. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda mezbonlar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. "Bunyodkor"dan gollarga Iskandar Soliev, Ulug'bek Kenjaev, Sudaysi Jo'raboev mualliflik qildi. 

"Polet" -  "Bunyodkor" U-21 4:3

Gollar: Gollar: Iskandar Soliev, Ulug'bek Kenjaev, Sudaysiy Jo'raboev - Deyan Glavica, Davor Telebar, Marko Sharich, Andrey Yurnich.

"Bunyodkor" U-21: Mirsaid Tursunmatov, Tohir To'xtasinov, Xurshid Ubaydullaev, Abdufattoh Foziljonov, Diyor Karimov, Muhammadbobur Asadullaev, Bobur Yorbekov, Muhammadayub Omonov, Aziz Koshibxonov, Iskandar Soliev, Ulug'bek Kenjaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Shohruh Muhsinov, Aleksandr Zevadinov, Narimon Ahmadjonov, Humoyun Bozorboev, Abduazim Ortiqov, Andrey Gulyamov, Sudaysi Jo'raboev, Sherzod Mirzajonov, Abdulloh Omonaliev

"Polet": Dino Jambres, Domen Stefanech, Leonard Mesarich,  Dominik Novak, Deyan Glavicha,  Petar Xorvat, Nino Patafta,  Marko Sarich, Silvestar Zganech,  Davor Telebar,  Yosip Zganech.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia