71 yoshli Tavekkio - Italiya futbol Federatsiyasi yangi prezidenti

Narzulla Saydullayev
11 avg 2014, 21:23
Bugun Rimda Italiya futbol Federatsiyasi prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tdi.
Tashkilotning yangi rahbari etib 71 yoshli Karlo Tavekkio saylandi. Unga 63,33 foiz ovoz kelib tushdi.

Oldinroq, Tavekkio A seriyadagi jamoalar sonini 16taga, V seriyada esa 18taga kamaytirmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Prezidentlik uchun ikkinchi nomzod 42 yoshli Demetrio Albertini edi.

IFF sobiq prezidenti Jankarlo Abete JCH-2014da terma jamoaning muvaffaqiyatsizligidan so'ng o'z lavozimini tark etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru