43 yoshli Buffon "Parma"dan kyetishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2022
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon ushbu mavsum yakunlangach, jamoani tark etadi.

Manbaga ko'ra, 43 yoshli futbolchi jamoa uning ambiciyalariga to'g'ri kelmayotganini ma'lum qildi. 

"Parma" ayni paytda B seriyada 13-o'rinda boryapti.

Aytishlaricha, tirik afsona faoliyatini xorij klubida davom ettirmoqchi va faoliyatini o'sha erda yakunlash istagida.

Buffon joriy mavsumda "Parma" safida 19 o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol o'tkazib yubordi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SerieBNews