4 nafar o'zbekistonlik hakam Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 10:30
OFK rasmiy sayti Osiyo Kubogida ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi.

Tarixda ilk bor musobaqada 74 nafar rasmiy faoliyat olib boradi. 

2024 yil 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadigan turnirda 4 nafar o'zbekistonlik hakam ham ishlaydi. Ahrol Risqullaev va Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlashsa, Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yon hakam sifatida jalb etilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com