

Madridliklar bir necha yildan buyon germaniyalik mutaxassisni kuzatib kelmoqda va uni xarizmasi va uzoq muddatda jamoalarni yuqori darajaga olib chiqishi uchun qadrlashadi. Klubdagilar aynan shunday murabbiy "qaymoqranglilar"ni yangi g'alabalar sari etaklay olishiga ishonishmoqda.
Qayd etilishicha, hozircha rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan, biroq agar Klopp murabbiylik faoliyatiga qaytishga qaror qilsa, aynan "Real" uni qiziqtirishi mumkin bo'lgan variant bo'lishi mumkin.
Klopp 2024 yilning yozida "Liverpul"ni tark etgan, 2025 yilning yanvaridan esa “Red Bull” tuzilmasida futbol yo'nalishining global rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Alvaro Arbeloa 2026 yilning yanvarida "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso o'rnini egalladi. Avvalroq, 43 yoshli ispaniyalik muvaffaqiyatsiz natijalar fonida madridliklar jamoasi futbolchilarining qo'llab-quvvatlashini yo'qotishi haqida xabar berilgandi.



