ECHLdan sharmandali tarzda chiqib ketganidan so'ng jamoa bosh murabbiyi nimalar dedi?

Khoja
25 fev 2026
"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu ECHL 1/16 finalining javob o'yinida "Budyo-Glimt"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Biz juda yaxshi tashkil etilgan jamoaga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qildik. Birinchi golni urmaganimiz uchun ular psixologik jihatdan o'zini qulay his qilishdi. Men o'yinchilarni hech narsada ayblay olmayman, ular to'liq o'zlarini bag'ishladilar va barcha kuchlarini sarfladilar.

Birinchi taymda biz gol urish uchun jon-jahd bilan harakat qildik. Ikkinchi taymda ularda ko'proq energiya bor edi va ular gol urdilar. Faqat raqibni tabriklash qoldi, ular haqli ravishda davom etmoqda.

Biz mag'lubiyat va turnirdan chiqib ketganimizdan juda afsusdamiz. Ular juda yaxshi himoyalanishdi. Ikkinchi taymda bizda kuch tugadi va ikki marta gol o'tkazib yubordik", - dedi Kivu.


KhojaMuallif
Manba: championat.com