Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026
Tomas Tuxel Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida yana ikki yil - 2028 yil yozigacha qolishga rozilik berdi.

So'nggi paytlarda Tuxelni yozda "Manchester Yunayted"ga taklif qilishlari mumkinligi haqida gap-so'zlar yurgan edi. Manchester klubi haligacha doimiy bosh murabbiy masalasida bir qarorga kelmagan. Ammo ko'rinishicha, bu istiqbol Tuxelni unchalik ham qiziqtirmadi.

52 yoshli nemis mutaxassis 2025 yilning 1 yanvaridan beri Angliya terma jamoasini boshqarib kelmoqda va jamoa Jahon chempionati saralash bosqichi birorta ham gol o'tkazib yubormasdan ishonchli tarzda g'olib chiqdi. Endilikda Tuxel Evro-2028ga qadar jamoani tark etmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: englandfootball.com