Husniddin Aliqulov: Yangi shartnoma va og'ir jarohat

Aslanov Jasurbek
9 fev 2026
"Rizespor" klubi O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Husniddin Aliqulov bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Klub futbolchining so'nggi uch yildagi muvaffaqiyatli ishtiroki va jamoaga bo'lgan sadoqatini inobatga olib, shartnomadagi +1 yil variantidan foydalandi. Endilikda hamyurtimiz 2026-2027 yilgi mavsum yakuniga qadar turk klubiga tegishli bo'ladi.

Biroq, bu xushxabar bilan birga futbolchining sog'lig'i borasida noxush ma'lumotlar ham tasdiqlandi:

Jarohat tafsilotlari: Gyoztepega qarshi bahsda Aliqulovning oldingi xochsimon bog'lamlari yirtilgani, tizza qopqog'i shikastlangani, shuningdek, ichki va tashqi menisklarida yirtilish, qon ketishi va shish aniqlangan.

Tiklanish muddati: 26 yoshli himoyachi tez orada operaciya qilinishi rejalashtirilgan va uning maydonga qaytishi uchun 6 oydan 9 oygacha vaqt talab etiladi.

Mavsum yakunlandi: Husniddin Aliqulov uchun joriy mavsum muddatidan avval yakunlandi. Demak, u JCH-2026da ishtirok etmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Ризеспор" матбуот хизмати