

"Yuragim og'riyapti. Men bu sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilgan edim - sizning mehringiz, har bir xabaringiz, har bir qo'llab-quvvatlovingiz tufayli o'zimni yolg'iz his qilmadim. Men bor kuchim bilan, eng avvalo butun qalbim bilan kurashdim. Kecha xatoga yo'l qo'ydim va buning uchun to'liq javobgarlikni zimmamga olaman. Samimiy uzr so'rayman. O'zimga kelish oson bo'lmaydi, chunki bu yara tez bitmaydi… lekin harakat qilaman. O'zim uchun emas, menga ishongan va men bilan birga aziyat chekkan barcha insonlar uchun. Bir kun kelib, bu mehrning barchasiga javob qaytarish va marokash xalqi uchun faxr manbaiga aylanish uchun olg'a intilaman", – dedi Braim Dias.
Uchrashuvning asosiy vaqti oxirida Braim Dias penaltidan unumli foydalana olmadi. Shundan so'ng o'yin qo'shimcha vaqtga o'tdi va unda senegalliklar yagona golni urdi. Natijada Senegal sovrinni qo'lga kiritdi, Marokash esa o'z uyidagi finalda mag'lub bo'ldi. Turnirning eng yaxshi to'purari sifatida "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan Braim Dias o'yindan keyin ko'zyosh to'kdi va qattiq ruhiy tushkunlikda edi.



