

"Al Nassr" hujumchisi va Senegal futboli afsonasi Sadio Mane milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini rasman e'lon qildi. Kecha Senegal terma jamoasi Afrika Kubogi finalida Marokashni qo'shimcha bo'limlarda 1:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
"Bu haqda avval ham aytgandim, hozir yana bir bor takrorlayman. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Xudo xohlasa, shu yerda to'xtayman.
O'ylaymanki, keyingi avlodga ishonish mumkin, ular o'z vazifalarini a'lo darajada uddalay olishadi. Men esa ularning "12-o'yinchisi" (muxlisi) bo'lib qolaman", – dedi Mane.



