

Vadim Abramov boshchiligidagi bugungi mashg'ulotlarda legionerlardan tashqari, barcha mahalliy o'yinchilar ishtirok etdi. Jamoaning yangi a'zolari Nurillo To'xtasinov, Azizbek Amonov, Rasul Yo'ldoshev ham tarkibga qo'shilgan. "Dinamo"ning ikki nafar yangi legioneri Jesa Mabepa Ayessa va Dramane Salou bugun kechqurun jamoa ixtiyoriga yetib keladi.



