Zoteev, Tokotaev va boshqalar... "Andijon" 12 futbolchisi bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
1 yanv 2026
"Andijon" matbuot xizmati 12 futbolchi jamoadan ketganini ma'lum qildi.

"Bir qator yangi o'yinchilarning transferlarini e'lon qilib boryapmiz. Shu bilan bir qatorda “Andijon”ni tark etgan futbolchilar ham bor.

Jumladan shartnomasi yakuniga etgani sababli Farhod Sohibjonov, Islom Mamatkazin, Erjan Tokotaev, Ilhom Abdug'aniev, Sunnatilloh Hamidjonov, Shaxzod Azmiddinov, Otabek Jo'raqo'ziev, Ismoil Akinade, Muhammadali Usmonov, Oleg Zoteev, Muhammadyusuf Mirqodirov va Saidumarxon Saidnurullaev jamoamiz bilan xayrlashdilar.

Yuqorida nomlari keltirilgan barcha futbolchilarga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати