"Lokomotiv" Qirg'iz Respublikasining 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma tuzmoqda

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026, 15:50
"Andijon" darvozaboni Erjan Tokotaev faoliyatini O'zbekiston poytaxtida davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. 

"Qirg'izistonning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi Erjan Tokotaev Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o'tishga yaqin", – deyiladi xabarda.

Ayni paytda darvozabon jarohatini davolash bilan band va tez orada safga qaytadi.

25 yoshli posbon o'tgan mavsum andijonliklar safida 16 o'yinda qatnashib, 22 ta gol o'tkazdi va 6 o'yinda darvozani "quruq" saqladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia