Timur Kapadze "Navbahor"ni boshqaradimi?

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025, 16:20
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze faoliyatini "Navbahor"da davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Timur Kapadze yangi mavsumni "Navbahor"da boshlashi mumkin. Viloyat hokimi Kapadzega keyingi mavsum moliyaviy muammolar (hozirgidek) bo'lmasligini aytgan", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Timur Kapadze Indoneziyaning qiziqishlari haqida to'xtalib o'tgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia