39 yoshli Ibragimovich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Alisher
19 okt 2020, 13:14
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytirish borasida ish boshladi.

39 yoshli shved ushbu yilning avgust oyida "Milan" bilan 1 yillik shartnoma imzoladi, ammo xabarlarga ko'ra, futbolchi jamoada qolishni xohlamoqda.

Ibragimovich 1 oy atrofida koronavirus sabab maydonga tusha olmadi, shundan so'ng esa "Milan" bilan derbida dubl qayd etdi.

Forvard joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere della Sera