39 yoshli Defo Angliyaga qaytdi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2022
“Reynjers” bilan shartnomasini bekor qilgan Jermeyn Defo faoliyatini yana Angliya bilan bog'laydigan bo'ldi.

U “Sanderlend” bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. 39 yoshli forvard 2015-2017 yillar davomida mazkur klub sharafini himoya qilgan.

“Sanderlend” Angliya 3-divizionida 29 o'yin o'tkazib, 54 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: safc.com