Superliga. Penaltidan gol urilmagan "Bunyodkor" va "Nasaf" uchrashuvida ketma-ket uchinchi marta 2:2 hisobi qayd etildi

Оқил Абдубарноев
4 okt 2025
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga. 24-tur

"Bunyodkor" – "Nasaf" 2:2

04.10.2025. "Olimpiya" stadioni.

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Farruh Yusupov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Danil Yacenko

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: 1:0 – 14, Imeda Ashortia, 1:1 – 20, Alibek Davronov (Oybek Bozorov), 2:1 – 41, Amir To'raqulov (Asadbek Rahimjonov), 2:2 – 58, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov)

"Bunyodkor": 22.Valijon Rahimov, 4.Najmiddin Normurodov, 77.Muzaffar Olimjonov (8.Martin Shroler, 74), 15.Marko Bugarin, 2.Nikoloz Mali (5.Aleksandr Zevadinov, 74), 23.Asadbek Rahimjonov (10.Rasul Yo'ldoshev, 80), 66.Azizbek To'lqinbekov, 25.Itsuke Urata, 11.Temirxo'ja Abduxoliqov (28.Matiya Krivokapich, 68), 57.Amir To'raqulov, 9.Imeda Ashortia (21.Nosir Abdusalomov, 74)

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 18.Narimon Ahmadjonov, 17.Ollobergan Karimov, 54.Mirkomil Murodov

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 92.Umar Eshmurodov, 14.Sharof Muhiddinov (5.G'olib G'aybullaev, 11), 10.Dragan Cheran (20.Yusuf Otubanjo, 70), 77.Oybek Bozorov (22.Igor Golban, 90+3), 24.Sardor Bahromov, 19.Stefan Cholovich (8.Zafarmurod Abdurahmatov, 46), 18.Husayn Norchaev

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 33.Bahodir Xalilov, 71.Javohir Ubaydullaev, 17.Suhrob Nurulloev, 55.Diyor Abdunazarov

Ogohlantirishlar: Nikoloz Mali (6), Amir To'raqulov (90+4), Itsuke Urata (90+4)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. "Nasaf" futbolchisining jarimadan yo'llagan zarbasi to'sin va darvoza chizig'i tutashgan nuqtaga tegib qaytdi. Hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.

90+4. Norchaevni yiqitgan "Bunyodkor" futbolchisi ogohlantirildi. Jarima zarbasi.

90+3. "Nasaf"da o'zgarish.

90+1. Norchaevning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

Qiziq tomoni, jamoalarning Superligadagi bundan avvalgi ikki to'qnashuvida ham 2:2 hisobi qayd etilgandi.

87. Krivokapich ketma-ket ikki vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

85. Valijon Rahimov Husayn Norchaev tepgan penaltini qaytardi! Hisob o'zgarmadi – 2:2!

83. Bozorov "Bunyodkor" jarima maydonida yiqitildi, hakam penalti belgiladi. 

80. "Bunyodkor"da o'zgarish.

78. Abdurahmatovning zarbasi noaniq.

74. "Bunyodkor"da birato'la uch o'zgarish.

74. Norchaevning yana bir zarbasi noaniq ketdi.

72. Norchaev yo'llagan kuchli zarbani Rahimov egalladi. 

70. "Nasaf"da o'zgarish. Cheran o'rniga Otubanjo tushdi.

68. "Bunyodkor"da o'zgarish. Abduxoliqov o'rniga Krivokapich tushdi.

66. G'aybullaev tepgan to'pni Rahimov egalladi.

62. To'lqinbekovning olisdan yo'lllagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

58. GOL! Norchaev hisobni tenglashtirdi! "Nasaf" hujumchisi Bozorovning uzatmasini bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

58. Nasrullaevning zarbasidan so'ng to'p raqibga tegib, maydonni tark etdi.

57. Mezbonlarning tomonidan yo'llangan zarbani Ne'matov egalladi.

53. "Nasaf"ning standart vaziyati besamar yakunlandi.

51. Ashortianing raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

50. Bahromovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

49. Ne'matov oldinga chiqib, to'p uchun kurashga kirishdi va noqulay yiqildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf"da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

41. GOL! Amir To'raqulovdan supergol! "Bunyodkor" futbolchisi avvalgi turda ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygandi.

38. Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini Bugarin bartaraf etdi.

35. Oxirgi 5-6 daqiqada o'yin, asosan, maydon markazida o'tdi.

29. Cholovichning zarbasi noaniq.

28. To'lqinbekovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

25. Bozorovning zarbasini Rahimov ushlab oldi.

20. GOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni yuqori sakragan Alibek Davronov bosh bilan raqib darvozasiga joyladi!

18. "Nasaf" standart vaziyati Davronovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

14. GOL! "Nasaf" himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan Imeda Ashortia jarima maydoni ichida kuchli va aniq zarba yo'llab, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi!  

11. "Nasaf"da majburiy o'zgarish. G'aybullaev Muhiddinov o'rniga tushirildi.

9. Muhiddinovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Nasrullaevning uzatmasini Urata bartaraf etdi.

6. Mali qo'pollik uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

5. Bozorovning chap qanotdan uzatmasini Rahimov urib yubordi.

3. "Nasaf"ning kombinacion hujumi Norchaevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

1. Uchrashuvga start berildi.

O'yin Sergey Arslonov vafoti tufayli bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia