Superliga. "Navbahor" o'z maydonida "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
27 sen 2025
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

"Navbahor" – "Qizilqum" 1:0

27.09.2025

Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzakov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Komissar: Mamur Sultonov

Gol: 1:0 – 68, Pedro Augusto (Abbos G'ulomov)

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 7.Azim Ahmedov (99.Igor Gabriel, 85), 8.Shohmalik Komilov (11.Muhammadali G'iyosov, 46), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Teydi Benjamin, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslan Jiyanov (22.Asadbek Jo'raboev, 90+5), 19.Mirzohid G'ofurov (32.Muhammadbobir Mo'ydinov, 46), 24.Doston Abdulhaev, 70.Abbos G'ulomov, 71.Navro'z Iminjonov (29.Pedro Augusto, 68)

Zaxira: 41.Ozodbek Marupov, 6.Sherzod G'ulomjonov, 15.Javohir Abdujabborov, 55.Komil Tojidinov

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov (s), 8.Shahzod Rahmatullaev (7.Davron Anvarov, 70), 9.Islom Kenjaboev (70.Shohro'z Norxonov, 70), 10.Roman Papariga, 11.Jambuli Jigauri (22.Shahzod Turopov, 81), 16.Asror G'ofurov, 19.Ilhom Kenjaev (18.Farhod Bekmurotov, 81), 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurillaev, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich (33.Sulton Rahmatov, 89)

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov. 6.Murodali Usmonov, 17.Akmal Muzaffarov, 78.Farruh Jo'raev

Ogohlantirish: Azim Ahmedov (9), Muhammadali G'iyosov (90)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. "Navbahor"da o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

89. "Qizilqum"da o'zgarish.

87. Turopovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

85. "Navbahor"da o'zgarish.

81. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish.

76. "Navbahor"ning burchak uzatmasi fol bilan yakunlandi.

70. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish.

68. GOL! Zaxiradan maydonga tushganiga bir daqiqa ham bo'lmagan Pedro Augusto to'pga birinchi teginishida hisobni ochdi! Braziliyalik futbolchi burchak uzatmasini bosh bilan "Qizilqum" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!68. "Navbahor" tarkibida o'zgarish.

65. "Navbahor" futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.

59. Mezbonlarning burchak uzatmasi qaytarildi. 

53. Zarba! Ahmedovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustunidan qaytdi, keyingi zarbani Quvvatov qaytardi.

50. G'ulomov hujumda fol ishlatdi.

48. Yo'ldoshevdan yana bir seyv, u Kenjaboevning yaqin masofadan chap oyoqda yo'llagan zarbasini qaytardi.

47. Papariganing zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor"da ikki o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

42. Xavfli vaziyat! "Qizilqum"ning xavfli hujumi natijasida Kenjaboev bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.

39. "Qizilqum" futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.

37. Xavfli vaziyat! Kenjaboev markazda ochiq turgan Paparigaga to'p uzatdi, ammo Yo'ldoshev ishonchli harakat qilib, to'p yo'liga peshvoz chiqdi.

32. G'ulomovning uzatmasidan so'ng Komilov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

30. "Navbahor"ning ikki burchak uzatmasi samarasiz yakunlandi.

27. Komilov "Qizilqum" jarima maydonida yiqildi, hakam burchakka ishora qildi.

22. Komillovning jarimadan uzatmasini Papariga qaytardi.

20. Jumanqo'zievning uzatmasiga sherigining bo'yi yetmadi.

19. Jumanqo'zievning uzatmasidan so'ng Rahmatullaev bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

17. Rahmatullaevning zarbasi noaniq.

15. Quvvatov oyog'ida og'riq his qildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.

13. Zarba! Jarima maydonida mehmonlarning zarbasini Abdulhaev qaytardi.

11. Asror G'ofurov markazda qo'pollik evaziga to'xtatildi.

9. Kenjaboevni qo'pollik bilan to'xtatgan Ahmedov ogohlantirildi.

7. Iminjonov hujumda fol ishlatdi.

1. Komilov burchakdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

1. O'yin boshlandi. "Navbahor" ko'k, "Qizilqum" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.




Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia