U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi. Qirg'iziston bilan durang o'ynagan O'zbekistonning guruhida vaziyat qanday?

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025, 11:47
Ayni kunlarda U-23 Osiyo Kubogiga saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi kecha saralash bosqichi doirasida Qirg'iziston bilan kuch sinashdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. 

Bu natijadan so'ng vakillarimiz 4 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi, to'plar farqi +4 ko'rinishini olgan. Biz bilan bir xil ochko to'plagan Qirg'izistonda esa to'plar +1 holatida. Keyingi raqibimiz Falastinda ham imkoniyat saqlanib qolgan, ularda 3 ochko bor. 3-turda O'zbekiston 9 sentyabr kuni 15:00da Falastin bilan uchrashsa, shu kuni soat 19:00da Qirg'iziston Shri-Lanka bilan o'ynaydi. 

Saralashda umumiy hisobda 11 ta guruh mavjud. Musobaqa reglamentiga ko'ra, keyingi bosqichga guruh g'oliblari va eng yaxshi 4 ta ikkinchi o'rin egalari yo'llanmani qo'lga kiritadi. 2-turdan so'ng eng yaxshi 4 ta ikkinchi o'rin egalari qatorida Xitoy (6 ochko, .+11), Eron (6 ochko, +10), Turkmaniston (6 ochko, +6), Yaman (6 ochko, +2) bor. 


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia