BUM! O'zbekiston MTJ noyabr oyida Toshkentda jahon chempioniga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida kuchli jamoalarga qarshi o'ynaydi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston noyabr oyida Urugvay terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 1930 va 1950 yilgi Jahon chempioni hisoblangan Urugvayga qarshi bahslardan biri Toshkentda bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Ikkinchi o'yin esa Osiyo qitasida o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston bunga qadar ikki marta Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va bir xil 0:3 hisoblarida mag'lub bo'lgan. Birinchi tarixiy bahs 2018 yil Montevideoda o'tgan bo'lsa, ikkinchi to'qnashuv 2019 yil Xitoy mamlakatida sodir bo'lgan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabarlar chiqqan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia