Joau Feliksning "Al Nassr"dagi maoshi ma'lum

Khoja
29 iyul 2025
"Chelsi" futbolchisi Joau Feliksning "Al Nassr"ga o'tishi deyarli aniq.

Saudiyaliklar futbolchining transferi uchun 45 million evro to'lashadi. Futbolchining o'zi bilan esa 3 yillik shartnoma imzolanadi. 25 yoshli portugalning yillik maoshi 17.5 million evroni tashkil qiladi.

Solishtirish uchun, u "Chelsi"da yiliga 7 million evro daromad qilardi. Uni ortga qaytarishni istagan "Benfika" esa yiliga 3 million evro berishni reja qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com