Abbos Fayzullaev faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025, 15:04
SSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" sharafini himoya qiladi.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Abbos yangi jamoasida 11-raqam ostida harakat qiladi. 

"Istanbul Bashakshehir" transfer uchun SSKAga 7,5 million evro to'lab beradi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi o'tgan mavsum SSKA tarkibida 39 o'yin o'tkazib, "3+8" natija qayd etgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia