"Xorazm" avgustdan boshlab uy o'yinlarini vaqtincha Olmaliqda qabul qiladi

Alisher Ostonov
19 iyul 2025, 21:28
"Xorazm" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazishi rejalashtirilgan stadion tez orada Liga tomonidan Superliga bellashuvlari uchun ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin.

"Superliga va Proliga reglamenti"ga ko'ra, klub rasmiy uchrashuv startiga 20 kun qolguniga qadar stadion masalasini to'liq hal qilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Xorazm o'z stadioni tayyor bo'lguniga qadar raqiblarini Olmaliq shahrida qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Xorazm" birinchi davradan so'ng 15 ta o'yinda 14 ochko jamg'argan holda jadvalda 13-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: pfl.uz