Eshitdik-da! O'FA Xorvatiya terma jamoasi sobiq ustoziga taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025, 18:35
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallash uchun yana bir katta nomga murojaat qildi.

Championat.asia sayti ma'lumotlarig ko'ra, assotsiatsiya APLdagi faoliyatii bilan tanilgan xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilich bilan aloqaga chiqqan va O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini taklif etgan.

Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Bilichning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Fatih" klubi bo'lgandi, u mazkur klubdan 2024 yilning avgustida ketgan va shundan buyon hech qayerda ishlaganicha yo'q. 

56 yoshli Slaven Bilich murabbiylik faoliyati mobaynida "Xayduk", "Lokomotiv" Moskva, "Beshiktosh", "Vest Xem", "Al Ittihod", "Vest Bromvich", "Beyczin Goan", "Uotford" va  jamoalarida faoliyat yuritgan. Yutuqlari orasida Xorvatiya vice-chempionligi, Turkiya chempionatining 2 karra 3-o'rin sohibi, 2008 yilgi Yevropa chempionati chorak finalchisi kabilarni keltirib o'tish mumkin. 

Avvalroq O'FA Yoaxim Lyovga murojaat etgani haqida xabar bergandik. Shundan so'ng germaniyalik mutaxassis unga haqiqatan taklif bo'lganini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia