Musiala qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Khoja
6 iyul 2025
Kecha "Bavariya" PSJga mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida nemis jamoasi yetakchisi Jamal Musiala Donnarumma bilan to'qnashib ketishi natijasida jarohat oldi. Bild nashrining xabar berishicha, futbolchining oyog'i singan. Endi futbolchi kamida 3-4 oy jarohatini davolaydi. 

Musiala yakunlangan mavsumda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: Bild