"Bunyodkor" superkambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2025
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" bahsi yakunlandi.

"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 3:2

29.06.2025, 19:00, "Do'stlik" stadioni

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Mamur Saidkasimov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Rishat Nugmanov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 0:1 – 26, Zoir Jo'raboev (Lyupcho Doriev), 0:2 – 39, Stanislav Andreev, 1:2 – 45, Nosir Abdusalomov (Temurxo'ja Abduxoliqov), 2:2 – 71, Luis Kachorri, 3:2 – 77, Muzaffar Olimjonov

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikolos Mali (4. Najmiddin Normurodov, 56), 6. Boburbek Yo'ldoshev, 7. Odiljon Hamrobekov, 9. Imeda Ashortiya (74. Luis Kachorri, 61), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 15. Marko Bugarin, 21. Nosir Abdusalomov (66. Azizbek To'lqinbekov, 82), 25. Itsuki Urata, 57. Amir To'raqulov (8. Martin Shroyler, 56), 77. Muzaffar Olimjonov (30. Sardor Abdunabiev, 82)

Zaxira: 13. Hamidillo Abdunabiev, 10. Rasul Yo'ldoshev, 17. Ollobergan Karimov, 22. Azizbek Amonov

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 7. Xondamir Mustafoqulov, 8. Suhrob Izzatov, 9. Samandar Mavlonqulov, 14. Lyupcho Doriev, 19. Javohir Qahramonov, 28. Stanislav Andreev (17. Ehsoni Panshanbe, 74), 32. Nodirbek Soyibov (42. Sardorbek Erkinov, 90), 77. Luka Jorjevich (99. Umid Sultonov, 67)

Zaxira: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 11. Sahob Rashidov, 18. Oybek Nurmatov, 34. Dilshod Misiraliev, 44. Abdulaziz Abdurahmonov, 46. Inomjon Abdumajidov

Ogohlantirish: Amir To'raqulov (48), Marko Bugarin (66)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Mavlonqulov raqib jarima maydonidagi taloto'pdan unumli foydalana olmadi.

90+1. Abduxoliqov hujumda raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

82. "Bunyodkor"da yana ikki o'zgarish bo'ldi.

77. GOL! Yana Shrolerning zarbasidan qaytgan to'pni bu safar Olimjonov "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi!

74. "So'g'diyona"da o'zgarish amalga oshirildi.

71. Shrolerning zarbasidan so'ng "So'g'diyona" darvozabonidan qaytgan to'pni Kachorri raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

67. "So'g'diyona"da o'zgarish amalga oshirildi.

66. Qahramonovni qo'pollik bilan to'xtatgan Bugarin ogohlantirildi.

65. Dorievning navbatdagi urinishi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

62. Jorjevichning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasini Abdujalilov qaytardi, qaytgan to'pghni Doriev darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

61. "Bunyodkor" yana bir o'zgarishga qo'l urdi.

56. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish amalga oshirildi. 

52. "So'g'diyona" standart vaziyatga ega bo'ldi. Himoyachilarga yordamga kelgan Abduxoliqov to'pni qaytardi. Navbatdagi hujum esa mehmonlarning bir necha xavfli zarbalari bilan yakunlandi.

48. Turaqulov to'pni bo'ysundirishda xatoga yo'l qo'yib, yakunda Qahramonovga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

48. Abdusalomov tomonidan yo'llangan jarima zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL! Abdusalomov o'ng oyoqda raqib darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni qisqartirdi!

43. Qahramonov tomonidan yo'llangan zarbani "Bunyodkor" posboni egallab oldi.

39. GOL! Andreev Dorievning zarbasidan so'ng "Bunyodkor" posbonidan qaytgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

36. Abduxoliqov yo'llagan zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi, hatto zarbaga ham o'xshamadi.

30. "Bunyodkor"ning ketma-ket ikki burchak uzatmasi samarasiz yakunlandi.

26. GOL! "So'g'diyona" hisobni ochdi! Dorievning uzatmasidan so'ng Jo'raboev bosh bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

24. Dorievning zarbasidan so'ng to'p Uratadan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

23. Abduxoliqov ofsaydga tushib qoldi.

23. Jorjevichning kuchsiz uzatmasi "Bunyodkor" darvozabonining qo'llariga borib tushdi.

21. Malining o'ng qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi. Erkin zarba.

19. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Abduxoliqov to'xtatmasdan darvoza tomon yo'lladi, zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

15. Abdusalomov uzatmasini Mitrovich egallab oldi.

14. Olimjonov chap qanotdan oldinga bordi va yakunda burchak zarbasi ishladi.

13. Ashortia hujumda raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Hozircha deyarli ko'zga ko'rinarli vaziyat sodir etilgani yo'q.

8. Jorjevich tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik yetishmadi.

6. "Bunyodkor" burchak zarbasi ishlab oldi. Abdusalomovning uzatmasini "So'g'diyona" darvozaboni urib yubordi.

5. Hozircha xavfli hujum tashkil etilmadi. Jamoalarda hujumdagi aniqlik biroz oqsamoqda.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "So'g'diyona" och pushti rangli liboslarda to'p tepadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia