MYU Garnachoni 70 mln funtga sotishga tayyor. Vingerga kimlar qiziqmoqda?

Alisher Ostonov
10 iyun 2025, 20:52
Alexandro Garnacho uchun 5 ta klub da'vogarlik qilmoqda.

Avvalroq, vingerning yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi ma'lum bo'lgandi.

MYU Garnacho bilan 70 mln funt evaziga xayrlashishga tayyor.

Qayd etilishicha, argentinalik futbolchiga "Bayer" qiziqish bildirmoqda - liverkuzenliklarning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag bungacha "Manchester Yunayted"da ishlagan, u vingerning muxlisi hisoblanadi. Shuningdek, Alexandroga "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda, ammo Birmingem klubiga o'tish Morgan Rojersning kelajagiga bog'liq bo'ladi.

Bundan tashqari, Garnacho bilan bog'liq vaziyatni "Chelsi", "Atletiko" va "Napoli" klublari kuzatib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Independent