Rasman: Xabi Alonso - "Real" bosh murabbiyi

Alisher Ostonov
25 may 2025
"Real" Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.

43 yoshli mutaxassis bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. U 1 iyundan ishga kirishadi.

Alonso 2022 yil oktyabr oyidan beri "Bayer"ni boshqarayotgandi va Leverkuzen klubi bilan Germaniya chempionati va kubogini qo'lga kiritdi.

Xabi 2009-2014 yillarda "Real"da futbolchi sifatida o'ynagan va klub bilan 6 ta sovrin, jumladan La Liga va Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: realmadrid.com